2026 yilning yanvar–iyul oylarida mamlakatda ta’lim sohasida 30,7 trln so‘mlik xizmat ko‘rsatilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qilindi.
Bu 2025 yilning mos davri bilan solishtirilganda 19,4 foizga ko‘p. Hududlar orasida eng katta hajm Toshkent shahri hisobiga to‘g‘ri kelgan. Poytaxtda ta’lim xizmatlari 16,7 trln so‘mni tashkil etgan.
Samarqand viloyatida ta’lim xizmatlari hajmi 2 trln so‘mga yetgan. Farg‘ona viloyatida bu ko‘rsatkich 1,9 trln so‘mni tashkil qilgan.
Namangan viloyatida 1,5 trln so‘m, Andijon viloyatida 1,4 trln so‘m, Toshkent va Buxoro viloyatlarining har birida 1,3 trln so‘mlik ta’lim xizmatlari ko‘rsatilgan.
Qashqadaryo viloyatida xizmatlar hajmi 1,1 trln so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 851,7 mlrd so‘m, Surxondaryo viloyatida 800,7 mlrd so‘m bo‘lgan.
Xorazm viloyatida ta’lim xizmatlari 786,2 mlrd so‘mni, Navoiy viloyatida 480,6 mlrd so‘mni tashkil etgan. Jizzax viloyatida 406,5 mlrd so‘mlik, Sirdaryo viloyatida esa 299,1 mlrd so‘mlik ta’lim xizmatlari ko‘rsatilgan.