Bugun 15 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Jonson Lavrov tomonidan aroq bilan "jazolangani" haqida gapirdi

Jonson Lavrov tomonidan aroq bilan "jazolangani" haqida gapirdi

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson 2017 yilda Rossiyaga tashrifi chog‘ida RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov tomonidan ko‘rsatilgan mehmondo‘stlikni jazoga qiyosladi.

Bu haqda Boris Jonson RBK bilan suhbatda ma’lum qildi.

Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, u Moskva bilan munosabatlarni qayta tiklashni rejalashtirgan, ammo bu urinish «falokat bilan yakunlangan».

«Lavrov meni juda issiq kamin qarshisida o‘tirgan holda juda ko‘p miqdorda aroq ichishga majbur qildi. Bu Viktoriya davridagi xususiy maktablardagi qandaydir jazoga o‘xshardi», — dedi Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri *Tres Respuestas* shousida.

Jonson bu holat «dahshatli bo‘lgani va hech qanday natijaga erishmaganliklarini» qo‘shimcha qildi.

Boris Jonson 2019 yil 24 iyuldan 2022 yil 6 sentyabrga qadar Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimida ishlagan. U Konservativ partiya vakili bo‘lgan. Ushbu lavozimda Tereza Meyning o‘rnini egallagan, iste’fosidan so‘ng esa hukumatni Liz Trass boshqargan.

Jonson 2017 yil 22 dekabr kuni, Tereza Mey hukumatida Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlayotgan paytida Moskvaga tashrif buyurgan. Ushbu rasmiy tashrif 2012 yil may oyidan beri Britaniya diplomatiyasi rahbarining Rossiyaga ilk tashrifi bo‘lgan.

Vazirlar Eronning yadroviy dasturi, Xitoy bilan munosabatlar hamda 2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha jahon chempionatidagi xavfsizlik masalalarini muhokama qilgan.

Kiritildi: Bugun 16:13. O'qildi: 969 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik