Rossiya Federasiyasi Qurolli Kuchlari Ukrainadagi harbiy aerodromlarga zarba berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
«Ukraina Qurolli kuchlari manfaatlari yo‘lida foydalanilayotgan harbiy aerodromlar, energetika va transport infratuzilmasi ob’ektlari, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqarish sexlari nishonga olindi», — deyiladi vazirlikning «MAKS» messenjeridagi xabarida.
Bundan tashqari, Ukraina qurolli tuzilmalarining 149 ta hududdagi vaqtinchalik joylashuv punktlariga ham zarbalar berilgan.
Jangovor vazifalar tezkor-taktik aviasiya, zarbdor uchuvchisiz apparatlar, raketa qo‘shinlari va artilleriya yordamida bajarilgan.