Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Jorje Jezush Daniyadan qabul qilingan mag‘lubiyat haqida gapirdi

Jorje Jezush Daniyadan qabul qilingan mag‘lubiyat haqida gapirdi

«Himoyada o‘tgan safardagidek kuchli o‘ynay olmadik. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda daniyaliklarning hujumlarini to‘xtata olmadik. Jamoa o‘yinini kuchaytira oladi, deb o‘ylagandim, ammo buning uddasidan chiqa olmadik. Raqib bizdan kuchliroq va sifatliroq o‘yin ko‘rsatdi.

Bugun ikkinchi hujumchimiz Joau Feliks chiziqlar orasida harakat qila olmadi va markaziy hududda ustunlikka erisha olmadik. Daniya bu jihatda bizdan ustun keldi va bizni hayratda qoldirdi.

Agar keyingi bosqichga chiqishni oldindan kafolatlaganimizda, Kardiffda boshqa o‘yinchilarga imkoniyat bergan bo‘lardim. Ammo hozirgi asosiy vazifa — guruhdan chiqishni ta’minlash.

Mag‘lubiyat har doim yoqimsiz va o‘yinchilarning ruhiy holatiga ta’sir qiladi. Bugungacha jamoa o‘z kuchiga juda ishonardi. Ammo endi Daniyaning ustunligini tan olishimiz kerak».

Kiritildi: 11:14 15.11.2026. O'qildi: 1002 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik