Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 250 nafar fuqaroga qariyb 3 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.
Raqobat qo‘mitasiga ko‘ra, 2026 yilning birinchi yarmida o‘tkazilgan 345 ta tanlov savdosi tahlil qilinganda, ularning 317 tasida raqobatga zid holatlar fosh etilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Muhammadali ismli bolakayning murojaatini ko‘rib, unga minnatdorlik maktubini yo‘lladi. Bola videomurojaatida davlat rahbari bilan uchrashishni istashini aytgan.
Oilaviy tadbirkorlik kreditlari stavkasi 17,5 foizdan 12 foizga tushiriladi
Kelgusi yili Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludining 200 yilligini mamlakatimizda munosib nishonlash taklifi bildirildi.
Qatnov kelasi yil mart oyidan yo‘lga qo‘yilib, safar vaqti 16 soatdan 7 soatga qisqaradi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi faoliyati bilan tanishdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi chog‘ida Nukus tumanidagi Diyqan arna mahallasida bo‘lib, aholi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Mazkur yirik korxona Prezidentimizning 2024 yil 28 iyundagi parrandachilik sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir qarori asosida tashkil etildi. Loyihaning umumiy qiymati 7,8 million dollarni tashkil etadi. 21 gektar maydonni egallagan korxona ishga tushishi bilan 70 nafar mahalliy aholi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.
Jahon tajribasida avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar boshqa tarmoqlarni ham rivojlantirib, ko‘p tarmoqli faoliyat yuritishi keng tarqalgan. Jizzax viloyatida avtomobil ishlab chiqarayotgan “ADM Group” kompaniyasi ham shu yondashuv asosida faoliyatini kengaytirmoqda. Orolbo‘yida intensiv bog‘dorchilikni rivojlantirish uning yangi yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi.
Qoraqalpog‘istonda fermer xo‘jaligidan gaz uchun asossiz undirilgan 96 mln so‘mdan ortiq mablag‘ qaytarildi. O‘rganishlarda gaz sarfini aniqlashda asosiy qurilma o‘rniga yuqoriroq ko‘rsatkich qayd etgan ikkinchi hisoblagich ma’lumotlaridan foydalanilgani aniqlandi.
Ushbu festival 2017 yildan buyon muntazam tashkil etib kelinmoqda. Bu yilgi festival doirasida 50 ga yaqin malakali oshpazlar ishtirok etdi