Bugun 14 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Aktrisa Barchin G‘ofurova va bloger "Kokosh" qamaldi

Aktrisa Barchin G‘ofurova va bloger "Kokosh" qamaldi

​Aktrisa Barchin G‘ofurova, "Kokosh" taxallusi bilan tanilgan bloger Komila Abduqodirova hamda Nihola Rajabova ozodlikdan mahrum etildi.

Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati xabar berdi.

​Toshkent shahar sudining apellyasiya instansiyasi ularni tovlamachilik, tuhmat va haqorat bilan bog‘liq moddalar bo‘yicha aybli deb topgan.

​Hukmga ko‘ra, Komila Abduqodirova 3 yil 6 oy muddatga, Barchin G‘ofurova 4 yil, Nihola Rajabova esa 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.

​Tayinlangan jazolarni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

​Jabrlanuvchining advokati ijtimoiy tarmoqda e’lon qilgan xabarga ko‘ra, voqea «Kokosh»ning jarrohlik amaliyotidan keyin klinika bilan yuzaga kelgan mojarosiga borib taqaladi.

Kiritildi: Bugun 16:54. O'qildi: 1131 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik