Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel 13 noyabr, juma kuni mamlakat AQShning ehtimoliy harbiy hujumiga tayyorlanayotganini aytdi.
"Biz mamlakatimizga qarshi chet el harbiy tajovuzining har qanday urinishini qaytarishga qat’iy qaror qilganmiz va bunga tayyorgarlik ko‘ryapmiz, ushbu mudofaa tayyorgarligi tizimi tufayli mamlakat kun sayin kuchayib bormoqda", - dedi prezident.
Shuningdek, u amerikalik siyosatchilar va AQSh rasmiylari vakillarining orolga qarshi harbiy tajovuzga chaqiruvchi bir necha bor bayonotlarini tanqid qildi.
Kuba rahbari mamlakat ehtimoliy hujumdan himoyalanish huquqiga ega ekanligini ta’kidladi. Mudofaa tayyorgarligini kuchaytirishga misol sifatida u o‘tgan hafta butun mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan "Monkada" strategik mashg‘ulotlarini keltirdi.
Shu bilan birga, Dias-Kanel Kuba boshqa davlatlar uchun xavf tug‘dirmasligiga ishontirdi.