Bugun 15 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Jezush sharmandali mag‘lubiyatdan keyin Ronaldu haqidagi savolga o‘ta qo‘pol javob berdi

Jezush sharmandali mag‘lubiyatdan keyin Ronaldu haqidagi savolga o‘ta qo‘pol javob berdi

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush Daniyaga qarshi 1:4 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng kutilganidek Krishtianu Ronaldu haqidagi savollarga duch keldi.

Millatlar ligasi uchrashuvi portugallar uchun 41 yoshli yulduz o‘zining xalqaro karyerasini yakunlaganini e’lon qilganidan keyingi ilk o‘yin bo‘ldi.

– Ronaldu yetishmadimi?

– «Etishmadi» degani nima? U terma jamoa uchun endi o‘ynamaydi. U holda bizga qanday yordam berishi mumkin edi? Matbuot anjumanida yonimda o‘tirib berdimi? Ronaldu endi o‘ynamaydi, u bu yerda yo‘q. U bu borada o‘zining qat’iy qarorini qabul qilgan, – deya Jezushning javobini Actu Foot keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, «An-Nasr» hujumchisi o‘tgan yig‘inni bosh murabbiy bilan kelib chiqqan mojaro tufayli muddatidan oldin tark etgan edi. Jamoadan ketishi haqidagi rasmiy bayonotni esa u noyabr oyi boshida e’lon qildi.

Kiritildi: Bugun 15:48. O'qildi: 590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik