«O‘zgidromet» 15–18 noyabr kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Kelasi hafta boshida O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatilishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari
O‘zgaruvchan bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi.
15 noyabr kuni harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi. 16–18 noyabr kunlari kechasi 2–7 daraja, kunduzi 13–18 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
O‘zgaruvchan bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 17 noyabr kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi.
Kechasi harorat 0–5 daraja sovuqdan 0–5 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi. Kunduzi 15–16 noyabr kunlari 10–15 daraja, 17–18 noyabr kunlari esa 7–12 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
O‘zgaruvchan bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi.
15–16 noyabr kunlari kechasi 0–5 daraja, 17–18 noyabr kunlari ham 0–5 daraja iliq bo‘ladi. Kunduzi havo harorati 13–18 daraja iliqni tashkil etadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
O‘zgaruvchan bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi.
15 noyabr kuni kechasi 0–5 daraja iliq, 16–18 noyabr kunlari esa harorat 4–9 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Kunduzi 13–18 daraja, faqat 16 noyabr kuni 15–20 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari
O‘zgaruvchan bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi.
15–16 noyabr kunlari kechasi 0–5 daraja, 17–18 noyabr kunlari 2–7 daraja iliq bo‘ladi. Kunduzi 15 noyabr kuni 8–13 daraja, 16–18 noyabr kunlari esa 10–15 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlar
O‘zgaruvchan bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi.
15 noyabr kuni kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 3–8 daraja iliq bo‘ladi. 16–18 noyabr kunlari kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi esa 7–12 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.