Bugun 15 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Afsonaviy Ronaldinyo professional futbolga qaytish sababini ma’lum qildi

Afsonaviy Ronaldinyo professional futbolga qaytish sababini ma’lum qildi

Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldinyo professional faoliyatini yakunlaganidan bir necha yil o‘tib, futbol maydoniga qaytishga nima undagani haqida gapirdi.

Football Italia nashri xabar berishicha, bu haqda futbolchining o‘zi ma’lum qilgan.

«Bularning barchasi “Ravenna” klubi prezidenti Ignasio Chipriani bilan do‘stligimiz va kelajakdagi rejalarimiz bilan bog‘liq. Men hayotimdagi o‘ziga xos, takrorlanmas lahzani boshdan kechirishni istayman. Umid qilamanki, bu kun boshqa futbolchilar uchun ham alohida ahamiyatga ega bo‘ladi.

Faoliyatimni yakunlaganimdan so‘ng ortga nazar tashlab, istagan barcha yutuqlarimga erishganimni angladim. Hozir esa yana futbol o‘ynash imkoniyati paydo bo‘ldi va bundan zavq olyapman. Bundan tashqari, muxlislarga ajoyib kunni sovg‘a qilishni xohlayman. Ushbu yangi sarguzashtni katta mamnuniyat bilan boshlayapman», — dedi Ronaldinyo.

Kutilishicha, 46 yoshli braziliyalik futbolchi Italiyaning S seriyasi doirasidagi «Forli»ga qarshi o‘yinda «Ravenna» safida debyut qiladi.

Kiritildi: Bugun 13:25. O'qildi: 309 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik