Bugun 5 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston 200 dan ortiq davlat bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan – statistika

O‘zbekiston 200 dan ortiq davlat bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan – statistika

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekiston jahonning 200 dan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.

Ushbu davrda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida eng katta ulush Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelib, o‘zaro savdo hajmi 11,3 mlrd dollarni tashkil etgan. Keyingi o‘rinlarda Rossiya — 8,1 mlrd dollar, Qozog‘iston — 3,3 mlrd dollar, Turkiya — 1,6 mlrd dollar va Afg‘oniston — 1,2 mlrd dollar bilan qayd etilgan.

Shuningdek, Fransiya bilan tashqi savdo aylanmasi 1,1 mlrd dollar, Koreya Respublikasi bilan 1,1 mlrd dollar, BAA bilan 928,7 mln dollar, Turkmaniston bilan 779,4 mln dollar, Xitoyning maxsus ma’muriy hududi hisoblangan Gonkong bilan esa 776,8 mln dollarni tashkil etgan.

Shu tariqa, Xitoy va Rossiya O‘zbekiston tashqi savdosidagi eng yirik ikki hamkor davlat bo‘lib qolmoqda.

Kiritildi: 18:54 04.09.2026. O'qildi: 267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!