Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Britaniya Trampni Zelenskiyga qarshi chiqmaslikka ko‘ndirmoqchi

Britaniya Trampni Zelenskiyga qarshi chiqmaslikka ko‘ndirmoqchi

Buyuk Britaniya rahbariyati AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatini Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga nisbatan qarshi pozisiya egallamaslikka ko‘ndirishga harakat qilmoqda.

Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.

«Buyuk Britaniya Tramp ma’muriyatini Vladimir Zelenskiyga qarshi chiqmaslikka ishontirishga urinmoqda», — deyiladi agentlik xabarida.

Londonning mazkur harakatlari Vashington va Kiyev o‘rtasidagi munosabatlarda keskinlik kuchaygan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda.

Avvalroq Britaniya rahbariyati Ukrainaga yordam berishni davom ettirishini bildirib, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash tarafdori ekanini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 23:26 23.10.2026. O'qildi: 591 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!