TNT Sports jurnalistlari 2026 yilgi "Oltin to‘p" uchun favoritlar reytingini taqdim etishdi. Birinchi o‘rinni Angliya terma jamoasi va Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Xarri Keyn egalladi.
Ikkinchi o‘rindan Kataloniyaning "Barselona" klubi va Ispaniya terma jamoasining 19 yoshli yulduzi Lamin Yamal joy oldi. Kuchli uchlikni esa "Inter Mayami"ning 39 yoshli hujumchisi Lionel Messi yakunladi.
O‘n nafar nomzod qatoriga shuningdek Xvicha Kvarasxeliya ("PSJ"), Kilian Mbappe ("Real"), Usmon Dembele ("PSJ"), Rodri ("Barselona"), Fabian Ruis ("PSJ"), Maykl Olise ("Bavariya") va Deklan Rays ("Arsenal") ham kiritildi.
"Oltin to‘p"ni topshirish marosimi 26 oktyabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tadi.