Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

"Barselona" Messidan voz kechishi mumkin edi — bir inson hammasini o‘zgartirgan

"Barselona" Messidan voz kechishi mumkin edi — bir inson hammasini o‘zgartirgan

"Barselona"ning sobiq murabbiyi Jordi Roura 2000 yilda Lionel Messini klubga qabul qilish masalasida kelishmovchiliklar bo‘lganini ma’lum qildi.

"O‘shanda uning iqtidorli bola ekanini eshitgandik va hamma o‘yinini o‘z ko‘zi bilan ko‘rishni istardi. Biroq klubda Messining bo‘yi pastligi sabab uning kelishiga qarshilar ham bor edi.

Karles Reshak esa uni ko‘rishi bilanoq zudlik bilan shartnoma imzolash kerakligini aytgan", — dedi Roura Diario Sport nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Messi 2005–2021 yillarda "Barselona"ning asosiy jamoasida to‘p surgan. Hozirda 39 yoshli argentinalik hujumchi "Inter Mayami" sharafini himoya qilmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:57. O'qildi: 239 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!