Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Iordaniyada dafn marosimi qonli fojiaga aylandi

Iordaniyada dafn marosimi qonli fojiaga aylandi

Iordaniya janubidagi Karak viloyatida dafn marosimi qonli fojia bilan yakunlandi. Noma’lum qurolli shaxslar cherkov atrofida to‘plangan odamlarga qarata o‘t ochishi oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘ldi, yana 28 nafar fuqaro jarohatlandi.

CNN ma’lumotiga ko‘ra, voqea 23 oktyabr kuni Hmud shahridagi Avliyo Georgiy pravoslav cherkovida sodir bo‘lgan.

Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, hujumchilar avtomobil bilan kelib, undan tushgach, marosim ishtirokchilarini o‘qqa tuta boshlagan. Otishma bir necha daqiqa davom etgan.

Hodisa vaqtida cherkov binosi va uning atrofida 150 nafardan ziyod odam bo‘lgan. Tarqalgan kuzatuv kamerasi tasvirlarida qurollangan shaxslar dastlab ko‘chada o‘q uzgani, keyin esa cherkov tomon harakatlanganini ko‘rish mumkin.

Iordaniya xavfsizlik idoralari hujumchilarni qidirish ishlarini boshlagan. Hozircha ularning shaxsi va jinoyatga nima sabab bo‘lgani haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Kiritildi: Bugun 12:02. O'qildi: 225 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!