Bugun 21 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Birgina surat maxfiy rejani tasodifan oshkor qildi. 5 kun ichida nimalar bo‘ldi?

Birgina surat maxfiy rejani tasodifan oshkor qildi. 5 kun ichida nimalar bo‘ldi?

AQSh Prezidenti Donald Trampning matbuot kotibi lavozimida atigi besh kun ishlagan Keti Zaxariya ishdan bo‘shatilganidan keyin prezident bilan tushgan suratini e’lon qildi. Surat orqali Trampning Vashingtondagi tarixiy Ist-Potomak bog‘idagi golf maydonini qayta qurish rejasi oshkor bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Suratda Tramp Oval kabinetdagi ish stolida o‘tirgan, Zaxariya esa uning yonida turgan. Stol ustidagi xarita tasviri xiralashtirilgan bo‘lsa-da, kuzatuvchilar unda Ist-Potomak tarixiy bog‘ining shakllarini payqagan.

Trampning ushbu hududdagi golf maydonini qayta qurish rejasi bir necha oydan beri bahslarga sabab bo‘lmoqda. Loyiha doirasida bog‘da 400 dan ortiq daraxt kesilgan. Keyinchalik federal sudya daraxtlarni kesish ishlarini vaqtincha to‘xtatgan. Tramp ma’muriyati esa sudyani «dushmanlik kayfiyatida» bo‘lishda ayblagan.

Shuningdek, hukumat golf maydonining yakuniy loyihasi hali tayyor emasligini, u ekologik ekspertiza va tarixiy merosni muhofaza qilish talablari bo‘yicha tekshiruvdan o‘tishi kerakligini bildirgan.

Biroq prezident stolidagi xarita loyihaning aniq rejasi mavjudligini ko‘rsatishi mumkin. Save East Po tashabbuskorlar guruhi bu holatga kinoyali munosabat bildirib, prezident stolida rejaga o‘xshash xarita turgan suratni «Bizda hech qanday reja yo‘q» degan gapga eng yaxshi misol, deb atadi.

Tramp reja mavjudligini tan oldi

Surat atrofidagi shov-shuvdan so‘ng Tramp bog‘ni qayta qurish rejasi borligini tan olgani aytilmoqda. Golf maydonini 15 oyga yopish va uni xalqaro darajadagi musobaqalarni o‘tkazishga moslashtirish rejalashtirilgan.

Biroq loyihaga qarshi chiquvchilar va sud jarayonlari uning amalga oshirilishini qiyinlashtirishi mumkin.

Keti Zaxariya esa maxfiy ma’lumotni oshkor qilgani uchun o‘zini aybdor deb hisoblamasligini bildirdi. U oddiy va yoqimli suratni mojaroga aylantirayotganlardan noroziligini aytdi.

Oq uyning kommunikasiyalar bo‘yicha direktori Stiven Chung ham ommaviy axborot vositalarini «bezarar surat»dan muammo izlayotganlikda aybladi.

Kiritildi: 20:35 20.10.2026. O'qildi: 895 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!