Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya rahbari Vladimir Putin o‘rtasida yaxshi munosabatlar shakllanganini ta’kidladi.
"Menimcha, ularning munosabatlari ancha yaxshi. Ha, shunday deb o‘ylayman", — dedi Zelenskiy ABC News telekanaliga bergan intervyusida.
Ukraina yetakchisi o‘zini AQSh tomonidan xiyonatga uchragandek his qilmasligini bildirgan bo‘lsa-da, Vashingtonning yordami yetarli emasligidan norozilik bildirdi.
"Men nimani his qilayotgan bo‘lsam, shuni his qilyapman... Bu qo‘llab-quvvatlash emas", — dedi Zelenskiy.