Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

"Messi va Ronaldu davri tugadi"

"Messi va Ronaldu davri tugadi"

"Real"ning sobiq hujumchisi Ugo Sanches 2026 yilgi "Oltin to‘p" uchun asosiy da’vogarlardan biri sifatida Kilian Mbappeni ko‘rsatdi.

"Messi va Ronaldu davri tugadi. Endi navbat kimga? Kim tanlanishi mumkin? Mbappe. Kilian mukofotga asosiy da’vogarlardan biri. Barchasi raqobat va futbolchining xizmatlariga bog‘liq", — dedi Sanches AS nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe o‘tgan mavsum Chempionlar ligasi va La Liganing eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Shuningdek, u 2026 yilgi jahon chempionatida ham eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi.

"Oltin to‘p"ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: Bugun 11:58. O'qildi: 249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!