Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Superliga. "Neftchi" "Paxtakor"ni mag‘lub etib, chempionlik sari katta qadam tashladi (Turnir jadvali)

Superliga. "Neftchi" "Paxtakor"ni mag‘lub etib, chempionlik sari katta qadam tashladi (Turnir jadvali)

Bugun, 23 oktyabr kuni O‘zbekiston Superligasining 25-turi doirasida navbatdagi ikki uchrashuv o‘tkazildi.

Kunning markaziy bahsida Toshkentning "Paxtakor" klubi o‘z maydonida Farg‘onaning "Neftchi" jamoasini qabul qildi. Chempionlik uchun kurashayotgan jamoalar o‘rtasidagi muhim to‘qnashuv mehmonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ushbu natijadan so‘ng "Neftchi" 58 ochko bilan turnir jadvalidagi peshqadamligini mustahkamladi. 53 ochkoda qolgan "Paxtakor" esa ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Endi jamoalar o‘rtasidagi farq 5 ochkoga yetdi.

Kunning yana bir uchrashuvida "Buxoro" o‘z maydonida Termizning "Surxon" jamoasi bilan kuch sinashdi. Mazkur bahsda hisob ochilmadi — 0:0.

Durangdan keyin "Buxoro" 41 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda qoldi. "Surxon" esa 29 ochko bilan 12-pog‘onadan joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, 25-turning ilk uchrashuvi 22 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan va unda "Bunyodkor" o‘z maydonida "Mash’al"ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan edi.

Superliga. 25-tur

22 oktyabr, payshanba

"Bunyodkor" – "Mash’al" – 2:1

23 oktyabr, juma

"Paxtakor" – "Neftchi" – 1:3

"Buxoro" – "Surxon" – 0:0

24 oktyabr, shanba

18:00. "Nasaf" – "So‘g‘diyona"

25 oktyabr, yakshanba

16:00. OKMK – "Qo‘qon-1912"

18:00. "Qizilqum" – "Lokomotiv"

18:15. "Dinamo" – "Andijon"

26 oktyabr, dushanba

18:30. "Xorazm" – "Navbahor"

Superliga. "Neftchi" "Paxtakor"ni mag‘lub etib, chempionlik sari katta qadam tashladi (Turnir jadvali)

Kiritildi: 23:22 23.10.2026. O'qildi: 796 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!