Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Qora dengizda savdo kemasi cho‘kib ketdi — qurbonlar va bedarak yo‘qolganlar bor

Qora dengizda savdo kemasi cho‘kib ketdi — qurbonlar va bedarak yo‘qolganlar bor

Qora dengizning Ruminiya sohillariga yaqin hududida savdo kemasi halokatga uchradi. Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana uch nafar ekipaj a’zosini qidirish ishlari davom etmoqda.

Bu haqda 23 oktyabr kuni Ruminiyaning Realitatea Plus telekanali mamlakat Transport vazirligi va Harbiy-dengiz kuchlari ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kema bortida jami 13 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Ularning 10 nafari Ukraina, qolgan uch nafari esa Ozarbayjon fuqarolari hisoblanadi.

Kemadan favqulodda yordam signali Moskva vaqti bilan taxminan soat 10:00 da Ruminiya harbiy dengizchilariga kelib tushgan.

Shundan so‘ng hodisa joyida qidiruv-qutqaruv amaliyoti boshlangan. Qutqaruvchilar suvdan to‘qqiz nafar tirik qolgan ekipaj a’zosini olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, bir kishining jasadi topilgan.

Hozirda bedarak yo‘qolgan yana uch nafar dengizchini izlash ishlari davom ettirilmoqda.

Kemaning qanday sabablarga ko‘ra cho‘kib ketgani haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

Kiritildi: 23:29 23.10.2026. O'qildi: 598 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!