Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Makron: "Parij yaqinidagi otishmani irqiy nafrat asosida oldindan rejalashtirilgan birinchi terakt"

Makron: "Parij yaqinidagi otishmani irqiy nafrat asosida oldindan rejalashtirilgan birinchi terakt"

Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron Parijdan janubi-g‘arbiy tomonda joylashgan Trapp kommunasida sodir bo‘lgan otishmani mamlakat tarixida irqiy va diniy nafrat asosida oldindan rejalashtirilgan birinchi terrorchilik harakati deb atadi.

Agence France-Presse (AFP) axborot agentligi xabar berishicha, Fransiya rahbari ushbu voqeani respublika uchun burilish nuqtasi sifatida baholagan.

«Bu burilish nuqtasi, chunki biz ilk bor yurtdoshlarimizni, farzandlarimizni faqat teri rangi yoki diniy e’tiqodi sababli o‘ldirishni maqsad qilgan, oldindan rejalashtirilgan terrorchilik harakatiga duch kelmoqdamiz», — dedi Makron.

Kiritildi: Bugun 10:20. O'qildi: 637 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!