Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Mahalla infratuzilmasini yaxshilash va aholi daromadini oshirish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi

Mahalla infratuzilmasini yaxshilash va aholi daromadini oshirish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi chog‘ida Nukus tumanidagi Diyqan arna mahallasida bo‘lib, aholi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Hududda mingdan ortiq oila, jami 3 ming 600 nafardan ziyod aholi yashaydi. Bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar odamlar uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, bandligini ta’minlash va daromadini oshirishga qaratilgan.

Joriy etilgan “Smart mahalla” tizimi aholi murojaatlarini tezkor hal etish, demografik ma’lumotlarni aniq yuritish va infratuzilma holatini elektron nazorat qilish imkonini berib, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Ijtimoiy infratuzilmani yaxshilashga ham alohida e’tibor qaratilgan. Investisiya dasturi doirasida 4,5 milliard so‘m mablag‘ hisobidan 60 o‘rinli zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi. Mahalliy byudjetdan 1 milliard so‘m yo‘naltirilib, futbol va vorkaut maydonchalari barpo etildi.

Aholi daromadini oshirishda “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida asalarichilik asosiy yo‘nalish sifatida belgilangan. Hozirda mahallada 20 dan ortiq xonadonda asalari boqilmoqda. Bir xonadonda 50-100 ta asalari qutisidan yiliga 1 tonnagacha asal olinib, daromad topilmoqda.

Davlatimiz rahbari mahallada yashovchi Baxtiyar Jubayev xonadonida bo‘lib, asalni qayta ishlash sexi va asalari qutilarini tayyorlash jarayoni bilan tanishdi.

Bu yerda bir mavsumda 2 tonna qayta ishlangan asal mahsuloti sotilib, yiliga 200 million so‘m atrofida foyda olinmoqda. Ustaxonada esa yiliga 250 tadan ortiq asalari qutisi tayyorlanib, qo‘shimcha 80 million so‘mgacha daromad ko‘rilmoqda.

Yil yakuniga qadar Asalarichilar uyushmasi tomonidan yana 100 ta xonadonda kooperasiya asosida asalari boqishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu yana ko‘plab oilalarni barqaror daromad manbai bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Prezidentimiz shu yerda hudud faollari, nuroniylar va yoshlar bilan samimiy muloqot qildi.

Orolbo‘yini rivojlantirish va aholi turmush darajasini yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan ekani ta’kidlandi. Mahallalarda boshlangan bunday xayrli ishlar ko‘lami kengaytirilib, ularni amalga oshirish sur’ati yanada jadallashishi qayd etildi.

Kiritildi: 17:24 18.09.2026. O'qildi: 1034 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!