Bugun 25 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Xonobod chegara postida avtomobildan 20 ming dollar topildi

Xonobod chegara postida avtomobildan 20 ming dollar topildi

Andijon viloyatida bojxonachilar xorijga olib chiqilayotgan, belgilangan tartibda ma’lum qilinmagan 20 ming AQSh dollarini aniqladi.

Bojxona qo‘mitasi axborotiga ko‘ra, qo‘shni davlatga yo‘l olgan avtomobil Xonobod chegara bojxona postida tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Ko‘rik jarayonida transport vositasidan 20 ming dollar naqd pul topilgan. Mazkur mablag‘ bojxona nazoratiga taqdim etilmagan, shuningdek, og‘zaki so‘rov vaqtida ham uning mavjudligi bildirilmagan.

Ayni paytda holatga huquqiy baho berish va voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlash maqsadida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:36 24.10.2026. O'qildi: 742 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!