"Barselona" va "Real" o‘rtasidagi "el-klasiko"ni 44 yoshli Xose Martines Munuera boshqarishi rasman e’lon qilindi.
Ispaniyalik hakam avval ham 4 marta "el-klasiko"da ishlagan. Ularning 3 tasida "Real", bittasida esa "Barselona" g‘alaba qozongan.
Munuera boshqargan "el-klasiko"lar:
2020 yil: "Barselona" — "Real" — 1:3
2022 yil: "Real" — "Barselona" — 0:4
2023 yil: "Barselona" — "Real" — 0:4
2024 yil: "Real" — "Barselona" — 4:1
Joriy mavsum Munuera har ikki jamoaning bittadan uchrashuvida hakamlik qilgan.
"Barselona" — "Real" bahsi 26 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.