Bugun 25 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Husanov "Manchester Siti" himoyachilari orasida eng yuqori baho oldi

Husanov "Manchester Siti" himoyachilari orasida eng yuqori baho oldi

"Manchester Siti" Angliya Premyer-ligasining 8-turida "Aston Villa"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa-da, Abduqodir Husanovning individual harakatlari yuqori baholandi.

Sofascore portali 90 daqiqa maydonda harakat qilgan o‘zbekistonlik futbolchiga 7,4 ball qo‘ydi. Bu "shaharliklar" himoyachilari orasidagi eng yaxshi natija bo‘ldi.

Taqqoslash uchun, Ruben Diash 6,6, Yoshko Gvardiol 6,5, Mark Gexi esa 5,8 ball bilan baholandi.

Husanov uchrashuv davomida 92 marta to‘p bilan muomalada bo‘lib, 66 ta pasidan 59 tasini aniq yetkazdi. Uning uzatmalardagi umumiy aniqligi 89 foizni tashkil etdi. Raqib maydonidagi 44 ta pasning 40 tasi o‘z manziliga yetib bordi.

Husanovning himoyadagi statistikasi:

  • Himoyaviy harakatlar — 16 ta;

  • To‘pni olib qo‘yish — 5 marta;

  • Uzatmalarni to‘xtatish — 2 marta;

  • Zarbaga to‘siq qo‘yish — 1 marta;

  • Erdagi yakkakurashlar — 15 tadan 11 tasida g‘alaba;

  • Havodagi yakkakurashlar — 1 tadan 0 tasida g‘alaba.

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi 9,5 ball olgan Nikolas Jekson bo‘ldi. "Aston Villa" hujumchisi dubl qayd etdi.

"Manchester Siti"ning yagona golini urgan Erling Holand esa 7,9 ballga loyiq ko‘rildi.

Kiritildi: 23:47 24.10.2026. O'qildi: 1161 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!