Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Xitoyning Lyaonin provinsiyasidagi chegara shahri Dandunga tashrif buyurdi. Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar berdi.
Tashrif davomida unga Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi Butunxitoy qo‘mitasi raisi Van Xunin hamrohlik qildi.
Van Xunin Kim Chen Inga Xitoy raisi Si Szinpinning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.