Dunyodagi eng katta yo‘lovchi samolyoti — Airbus A380 Moskva aeroportlarining vaqtincha yopilishi sababli manziliga yetib bora olmayapti.
Dronlar hujumi tufayli Moskvadagi barcha aeroportlar vaqtincha yopilgan. Dubaydan Domodedovo aeroportiga uchib kelayotgan ulkan samolyot Penza viloyati osmonida aylanib uchishga majbur bo‘lmoqda.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada Airbus A380 samolyotini qabul qilish imkoniyatiga ega aeroportlar sanoqli: Domodedovo, Sheremetyevo, Sankt-Peterburgdagi Pulkovo va Novosibirskdagi Tolmachyovo.