Xitoyning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun bugun, 21 oktyabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi.
«Qadrli O‘zbekistonlik do‘stlar!
Sizlarni O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman!» — degan u.
U tabrigini Xitoy tilida davom ettirar ekan, O‘zbek tili o‘zbek xalqining boy madaniyati va ko‘p asrlik ma’naviy merosining ajralmas qismiligiga urg‘u bergan.
«Ishonchim komilki, xalqlarimizning bir-birining tili va madaniyatiga bo‘lgan qiziqishi Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashilishni mustahkamlashda davom etadi.
O‘zbek tili bayrami kuni bilan! Xitoy va O‘zbekiston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik abadiy bo‘lsin!» — dedi Yuy Szyun.