Bugun 2 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Xakerlar 27 milliondan ortiq o‘zbekistonlikning shaxsiy ma’lumotlari saqlangan bazani buzib kirdi

Xakerlar 27 milliondan ortiq o‘zbekistonlikning shaxsiy ma’lumotlari saqlangan bazani buzib kirdi

Butterfly xakerlar guruhi ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonning 27 milliondan ortiq fuqarosiga tegishli shaxsiy ma’lumotlar saqlangan bazani buzib kirganini bildirdi. Ular buning isboti sifatida raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovning shaxsiy ma’lumotlarini e’lon qilgan.

Guruh O‘zbekiston hukumatiga ultimatum qo‘ygan. Agar xakerlarning talablari 2 noyabr tongiga qadar bajarilmasa, ma’lumotlar bazasi darknetda ochiq savdoga qo‘yilishi aytilgan.

Xakerlar aynan qanday talablar qo‘ygani va fuqarolarning ma’lumotlari darknetda sotuvga chiqarilgan-chiqarilmagani hozircha noma’lum. O‘zbekistonning mas’ul idoralari vaziyat yuzasidan hozircha izoh bermagan.

Kiritildi: Bugun 14:52. O'qildi: 896 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!