Bugun 2 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Terakt xavfi sabab yopilgan Moskvadagi "Sarisino" bog‘i qayta ochildi

Terakt xavfi sabab yopilgan Moskvadagi "Sarisino" bog‘i qayta ochildi

Germaniyaning Moskvadagi elchixonasi Rossiya poytaxtida ehtimoliy terrorchilik hujumi yuzasidan o‘z fuqarolariga ogohlantirish yubordi. Bu haqda Spiegel nashri xabar berdi.

Diplomatik vakolatxona "Sarisino" muzey-qo‘riqxonasida terakt sodir etilishi xavfi borligini bildirib, Germaniya fuqarolarini odamlar gavjum joylardan uzoqroq bo‘lishga chaqirgan.

Mazkur ogohlantirish AQSh elchixonasi xuddi shu hududda ko‘plab qurbonlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan hujum ehtimoli haqida ma’lumot tarqatganidan bir kun keyin e’lon qilindi.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati ham amerikalik hamkasblaridan ehtimoliy terakt bo‘yicha ma’lumot olganini tasdiqlagan.

Xavfsizlik choralari tufayli "Sarisino" muzey-qo‘riqxonasi vaqtincha yopilib, tashrif buyuruvchilar evakuasiya qilingan.

Biroq 1 noyabr kuni bog‘ o‘z faoliyatini tikladi. Ma’muriyat muzey-qo‘riqxonaning barcha ob’ektlari yana tashrif buyuruvchilar uchun ochiq ekanini ma’lum qildi.

Kiritildi: 22:34 01.11.2026. O'qildi: 305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!