Bugun 30 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Qidiruvdagi shaxs bozorda savdo qilayotganligi aniqlandi

Qidiruvdagi shaxs bozorda savdo qilayotganligi aniqlandi

Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan qarzdor K.R undiruvchi A.G ning foydasiga aliment to‘lash belgilangan.

Farzand ta’minoti- ota-onaning eng muhim burchi va mas’uliyati. Aliment to‘lash nafaqat qonuniy majburiyat, balki farzandning munosib hayot kechirish, ta’lim olishi, sog‘lom o‘sish va kelajakda o‘z o‘rnini topish uchun ko‘rsatiladigan g‘amxo‘rlikdir.

Shunga qaramasdan qarzdor aliment pulini muntazam ravishda to‘lamay kelganligi oqibatida uning qarzdorligi 95,5 mln so‘mni tashkil etgan. Qarzdorning yashash manzili aniqlanmaganligi sababli ushbu qarzdorlikni undirish imkoni bo‘lmagan va unga nisbatan bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qidiruv e’lon qilingan.

Majburiy ijro byurosi Nukus tuman bo‘limi va milliy gvardiya xodimlari tomonidan amalga oshirilgan harakatlar natijasida qarzdor Nukus shahridagi bozordan topilib, unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Shundan so‘ng, to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudiga yuborildi.

Kiritildi: 19:10 28.10.2026. O'qildi: 4348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!