Bugun 2 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Rossiya davlat idorasi kiberhujumga uchradi: harbiy yo‘qotishlar haqidagi ma’lumotlar o‘g‘irlangani aytilmoqda

Rossiya davlat idorasi kiberhujumga uchradi: harbiy yo‘qotishlar haqidagi ma’lumotlar o‘g‘irlangani aytilmoqda

Rossiya Federal davlat statistika xizmati — Rosstat yirik kiberhujumga uchradi. Xakerlar idoraning axborot tizimlariga kirganini va katta hajmdagi ma’lumotlarni qo‘lga kiritganini da’vo qilmoqda.

1 noyabrga o‘tar kechasi Rosstatning rasmiy saytida belarus tilida «Hech kim javobgarlikdan qochib qutula olmaydi» degan yozuv paydo bo‘lgan. Shuningdek, sahifalarda «Kiberpartizanlar BY» va Silent Crow xakerlik guruhlarining logotiplari joylashtirilgan.

Hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan guruhlar Rosstatning markaziy apparati, hududiy bo‘linmalari va ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlariga kirishga muvaffaq bo‘lganini bildirdi.

Silent Crow ma’lumotiga ko‘ra, kiberhujum davomida 23 terabaytga yaqin axborot qo‘lga kiritilgan. Ular orasida Rossiya armiyasining Ukrainadagi urushda ko‘rgan yo‘qotishlariga oid ma’lumotlar ham borligi da’vo qilinmoqda.

Rosstat kiberhujum sodir bo‘lganini tasdiqladi, biroq ma’lumotlar bazasi buzilgani yoki maxfiy axborot sizdirilganini rad etdi.

Xakerlarning ma’lumotlar o‘g‘irlangani haqidagi da’volari hozircha mustaqil tasdiqlanmagan.

Kiritildi: 22:32 01.11.2026. O'qildi: 441 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!