Bugun 30 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Zelenskiy Putinga xabar yubordi

Zelenskiy Putinga xabar yubordi

Zelenskiy Putinga hududlar masalasini shaxsan muhokama qilishga tayyorligi to‘g‘risida xabar yubordi.

Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga Helsingin Sanomat nashriga ma’lum qildi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning bu pozisiyasini 27 oktyabr kuni Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan telefonda gaplashgan Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb va Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styore yetkazgan.

Sibiganing so‘zlariga ko‘ra, Yevropa tomoni tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur qo‘ng‘iroq Kiyev bilan kelishilgan edi. Muloqotdan asosiy maqsad Ukrainaning pozisiyasini Putinga yetkazish bo‘lgan. Kiyev ikki davlat rahbarining shaxsiy uchrashuvini tashkil etish bilan birga, o‘t ochishni to‘xtatish zarurligini ham bildirgan.

"Biz bunday uchrashuvni xohlaymiz va unga tayyormiz. Balki, faqat Zelenskiy va Putinning uchrashuvigina muzokaralarni yangi bosqichga olib chiqishi mumkin. Zelenskiy eng murakkab va nozik masalalarni, jumladan, hududlar masalasini ham muhokama qilishga tayyor", — dedi Ukraina TIV rahbari.

Kiritildi: Bugun 15:58. O'qildi: 1140 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!