Bugun 2 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Superliga. 26-turning yettita o‘yini yakunlandi, «Neftchi» hamon peshqadam (Turnir jadvali)

Superliga. 26-turning yettita o‘yini yakunlandi, «Neftchi» hamon peshqadam (Turnir jadvali)

1 noyabr kuni O‘zbekiston Superligasining 26-turi doirasida «Lokomotiv» va OKMK jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Toshkentda kechgan bahs mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Olmaliqliklar uchrashuvning birinchi daqiqasidayoq Aziz Xolmurodovning goli evaziga oldinga chiqdi. Biroq 11-daqiqada Temurxo‘ja Abduxoliqov penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi.

Bahsning 90-daqiqasida Siyavash Haqnazariy g‘alaba golini kiritdi va OKMKga muhim uch ochkoni taqdim etdi.

Mazkur natijadan so‘ng olmaliqliklar 45 ochko bilan turnir jadvalida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Lokomotiv» esa 40 ochko bilan yettinchi pog‘onada qoldi.

Shu tariqa, 26-turning yettita uchrashuvi ortda qoldi. Ularda «Paxtakor», «Dinamo», «Navbahor» va OKMK g‘alaba qozongan bo‘lsa, qolgan uchta bahs durang bilan yakunlandi.

Chempionlik poygasida esa «Neftchi» 58 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Farg‘onaliklar hozircha 25 ta o‘yin o‘tkazgan. «Paxtakor» 26 ta uchrashuvdan keyin 56 ochko bilan ikkinchi, «Navbahor» esa 52 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

O‘zbekiston Superligasi. 26-tur

30 oktyabr, juma

«Qo‘qon-1912» – «Qizilqum» – 0:0

«So‘g‘diyona» – «Buxoro» – 1:1

«Xorazm» – «Paxtakor» – 0:1

31 oktyabr, shanba

«Surxon» – «Nasaf» – 1:1

«Mash’al» – «Dinamo» – 0:3

«Navbahor» – «Andijon» – 1:0

1 noyabr, yakshanba

«Lokomotiv» – OKMK – 1:2

14 noyabr, shanba

«Neftchi» – «Bunyodkor»

Ayni paytda turnir jadvalida OKMK 45 ochko bilan to‘rtinchi, «Nasaf» va «Buxoro» esa 42 ochkodan jamg‘arib, mos ravishda beshinchi va oltinchi o‘rinlarni egallab turibdi.

26-turning so‘nggi uchrashuvi 14 noyabr kuni «Neftchi» va «Bunyodkor» jamoalari o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Superliga. 26-turning yettita o‘yini yakunlandi, «Neftchi» hamon peshqadam (Turnir jadvali)

Kiritildi: 19:15 01.11.2026. O'qildi: 503 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!