Amerikaning Apple korporasiyasi bozor kapitalizasiyasi bo‘yicha NVIDIA'ni ortda qoldirib, dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi. Bu haqda fond birjasidagi savdolar natijalari guvohlik bermoqda.
Juma kungi savdolar yakunida Apple aksiyalari 1,2 foizga arzonlashdi. Natijada kompaniyaning bozor qiymati 5,09 trillion dollardan 5,03 trillion dollarga tushdi.
Biroq NVIDIA aksiyalari bundan ham keskinroq — 4,2 foizga pasaydi. Grafik prosessorlar ishlab chiqaruvchi kompaniyaning kapitalizasiyasi 5,16 trillion dollardan 4,94 trillion dollarga qisqardi.
Shu tariqa, har ikki kompaniyaning bozor qiymati pasayganiga qaramay, Apple jahon reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarildi.