Bugun 2 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Osiyo kubogi-2027 boshqa sanaga ko‘chirilishi mumkin

Osiyo kubogi-2027 boshqa sanaga ko‘chirilishi mumkin

Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan 2027 yilgi Osiyo kubogi boshqa muddatga ko‘chirilishi mumkinligi haqida yana xabarlar paydo bo‘ldi.

Jurnalist Battol al-Kavs «In the Net» dasturida ushbu masalani ko‘tarib, hozircha gap faqat taxminlar haqida ketayotganini ta’kidladi.

Musobaqa sanasi o‘zgarishiga Yaqin Sharqdagi harbiy keskinlik fonida Saudiya Arabistonida xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashishi sabab bo‘lishi mumkin.

Osiyo futbol konfederasiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa ham avvalroq zarurat tug‘ilsa, turnirni 2028 yilda o‘tkazish imkoniyatini istisno qilmagan edi.

Hozircha musobaqaga tayyorgarlik belgilangan reja asosida davom etmoqda. 26 oktyabr kuni OFK va mahalliy tashkiliy qo‘mita o‘yinlar taqvimi hamda stadionlarni kelishib olgan.

Amaldagi rejaga ko‘ra, Osiyo kubogi 2027 yilning 7 yanvaridan 5 fevraligacha bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 19:17 01.11.2026. O'qildi: 786 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!