Bugun 2 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Turkiyada o‘zbek futbolchilari shou ko‘rsatdi: Shomurodov va Fayzullayevdan gollar

Turkiyada o‘zbek futbolchilari shou ko‘rsatdi: Shomurodov va Fayzullayevdan gollar

Turkiya Superligasining 10-turida «Istanbul Bashakshehir» o‘z maydonida «Samsunspor»ni 5:2 hisobida mag‘lub etdi. Mezbonlarning yirik g‘alabasiga o‘zbekistonlik futbolchilar Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev ham gollari bilan hissa qo‘shdi.

Uchrashuvning 10-daqiqasida Shomurodov hisobni ochdi. Keyinchalik Andreas Skov Olsen (25), Bayram (41) va Ba (75) ham raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Zaxiradan maydonga tushgan Abbosbek Fayzullayev esa 90+1-daqiqada gol urib, uchrashuvdagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Mazkur g‘alabadan keyin «Istanbul Bashakshehir» 14 ochko bilan turnir jadvalida 10-o‘ringa ko‘tarildi. «Samsunspor» esa 4 ochko bilan 17-pog‘onada qoldi.

Kiritildi: 22:36 01.11.2026. O'qildi: 624 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!