Bugun 2 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Moskvada terakt tayyorlashda gumonlangan o‘smir qo‘lga olindi

Moskvada terakt tayyorlashda gumonlangan o‘smir qo‘lga olindi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Moskvadagi «Sarisino» muzey-qo‘riqxonasida ehtimoliy terakt tayyorlashda gumonlangan voyaga yetmagan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda maxsus xizmat 1 noyabr kuni ma’lum qildi.

FXX bildirishicha, o‘smir TikTok'da taktik kiyimda, avtomat qurolga o‘xshash buyum bilan tushgan suratlarini tarqatgan. Shuningdek, u muzey-qo‘riqxona hududidan olingan tasvirlarga «Men joy topdim» degan yozuvni joylashtirgan.

Maxsus xizmatning da’vosiga ko‘ra, tekshiruv davomida o‘smir Telegram'dagi neonasistik kanalga obuna bo‘lgani va internet orqali ommaviy qotilliklar hamda terrorchilik hujumlari haqida ma’lumot qidirgani aniqlangan.

Rossiya FXX ehtimoliy hujum to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim etgani uchun AQSh maxsus xizmatlariga minnatdorlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 31 oktyabr kuni AQShning Moskvadagi elchixonasi «Sarisino» muzey-qo‘riqxonasida ko‘plab qurbonlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan hodisa xavfi haqida ogohlantirgan edi.

Hozircha o‘smirning teraktni amalga oshirish bo‘yicha aniq rejasi bo‘lgani mustaqil tasdiqlanmagan.

Kiritildi: 22:30 01.11.2026. O'qildi: 656 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!