Amerikalik jurnalist Taker Karlson AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati yaqin kunlarda Eronga yadroviy zarba berishi mumkinligini bildirdi.
Uning aytishicha, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQShni bunday zarba berishga undamoqda. Karlson Eron markazidagi Pikaks tog‘i ostida joylashgan tunnellarni oddiy qurollar bilan yo‘q qilish imkoni yo‘qligini ta’kidlagan.
Jurnalistning bu bayonoti AQShning Eronga yadroviy zarba berish rejasi mavjudligini tasdiqlamaydi.