Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Vazirlik attestasiya testidagi xatolikni tan oldi

Vazirlik attestasiya testidagi xatolikni tan oldi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tarix fanidan o‘tgan attestasiya testidagi bahsli savol yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Gap 2025 yil aprel–may oylarida bo‘lib o‘tgan attestasiyaning birinchi bosqichidagi 32-savol haqida ketmoqda. Savolda Yustinian I vafotidan keyin Vizantiyadan Ispaniyani tortib olgan qabila so‘ralgan.

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi dastlab “langobardlar” javobini to‘g‘ri deb belgilagan. Biroq ko‘plab o‘qituvchilar “vestgotlar” varianti ilmiy jihatdan to‘g‘ri ekanini ta’kidlab, norozilik bildirgan.

⚖️ Pedagoglar sudga murojaat qilgan, ammo dastlabki instansiyalarda yutqazgan.

Prezidentga yo‘llangan murojaatdan so‘ng masala qayta ko‘rib chiqildi. Yakunda vazirlik savol mazmunida ilmiy talqinlar o‘rtasida tafovut borligini tan oldi.

Qarorga ko‘ra, ushbu savol uchun “langobardlar” va “vestgotlar” javoblari to‘g‘ri deb qabul qilinadi hamda tegishli pedagoglarga ball qo‘shib beriladi.

Kiritildi: Bugun 19:46. O'qildi: 507 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!