Nyu-Yorkda hibsda saqlanayotgan Venesuelaning sobiq prezidenti Nikolas Maduro Rossiyaga salom yo‘llab, uni qardosh mamlakat deb atadi. Bu haqda hukmron Venesuela Birlashgan sosialistik partiyasi xalqaro ishlar bo‘yicha rais o‘rinbosari Tanya Valentina Dias ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Maduro Rossiyani doimo qardosh va hamjihat davlat sifatida qadrlaganini bildirgan.
«U, shuningdek, doimo qardosh va birdam bo‘lib kelgan ushbu mamlakatga salom yo‘llaydi», — dedi Dias «Neokolonializmning zamonaviy amaliyotlariga qarshi millatlar ozodligi uchun kurash tarafdorlari forumi»da so‘zlagan nutqida.
Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar berdi.