Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Navoiyda fermerning hushyorxonadagi o‘limidan so‘ng inspektorga sud hukmi o‘qildi

Navoiyda fermerning hushyorxonadagi o‘limidan so‘ng inspektorga sud hukmi o‘qildi


Xatirchi tumanida profilaktika inspektori mehmonlar tashrifi oldidan fermerdan traktorlarni dalaga chiqarishni talab qilgan. Fermer rad etgach, uni spirtli ichimlik iste’mol qilganlik vaji bilan hushyorxonaga olib borgan. Telefoni olib qo‘yilib, yaqinlari bilan bog‘lanish imkoni berilmagan.

2025 yil 2 avgust kuni fermer hushyorxonada o‘z joniga qasd qilgan va vafot etgan. Ekspertiza uning hushyorxonaga olib kelinishi va yaqinlari bilan bog‘lana olmagani ruhiy holatiga ta’sir qilganini qayd etgan.

Sud inspektorni o‘z joniga qasd qilish darajasiga yetkazish aybi bo‘yicha oqlagan, ammo mansab vakolatidan chetga chiqishda aybli deb topgan. Unga 1 yil 6 oy ozodlikni cheklash va shu muddatga davlat organlarida ishlash huquqidan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Viloyat sudi apellyasiya va taftish bosqichlarida hukmni o‘zgarishsiz qoldirgan.

Kiritildi: 19:35 16.11.2026. O'qildi: 1013 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik