Eronlik yadro fizigi olimi Mohsen Faxrizodaning o‘g‘li otasi bir paytlar mamlakatda yadro qurolidan ham kuchliroq imkoniyatlar mavjudligiga ishora qilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tehronning atom bombasi bor-yo‘qligi haqidagi savolga olim: "Eronlik mutaxassislar shunday bilim darajasiga yetishganki, yadro quroli ularning yonida shunchaki 'hazil’dek tuyuladi", — deb javob bergan.
Olim, shuningdek, kelajakdagi harbiy mojarolar yadroviy xususiyatga ega bo‘lmasligini ta’kidlagan. Shu bilan birga, Faxrizodaning o‘g‘li Eronning barcha atom tadqiqotlari faqat mudofaa maqsadida olib borilganini hamda mamlakatga qarshi ehtimoliy yadroviy hujum sodir bo‘lgan taqdirda javob choralarini ko‘rishga qaratilganini urg‘uladi.