Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Andijonda poyezd Damas’ni urib yubordi

Andijonda poyezd Damas’ni urib yubordi

Andijon viloyatining Asaka tumanidagi temir yo‘l kesishmasida Damas’ni poyezd urib yubordi. Viloyat YHXB matbuot xizmati hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘qligini bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda voqea joyidan olingan videolar tarqalib, tumanli havoda haydovchilar hushyor bo‘lishga chaqirilgandi. Rasmiy axborotda ma’lum qilinishicha, yo‘l-transport hodisasi 16 noyabr kuni soat 08:20 larda “Toshtepa” MFY hududidan o‘tuvchi Toshtepa ko‘chasidagi temir yo‘l kesishmasida sodir bo‘lgan. Bunga 1995 yilda tug‘ilgan V.J. Damas’ni temir yo‘l kesishmasidagi yo‘l belgisi talablariga rioya qilmasdan haydagani sabab bo‘lgan.

Buning oqibatida Damas’ni “KME 3-4700” rusumli poyezd urib yuborgan. Har ikki transport vositasiga moddiy zarar yetgan. Ayni paytda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:52. O'qildi: 741 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik