16–22 noyabr kunlari mamlakatimizda bahor o‘rtalarini eslatuvchi iliq va deyarli quruq ob-havo kuzatilishi kutilmoqda.
Iqlimshunos Erkin Abdulahatovning ma’lum qilishicha, hafta o‘rtasida ayrim hududlarda havo harorati +22…+25 darajagacha ko‘tariladi. Shimol va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Hafta davomida aksariyat hududlarda yog‘ingarchilik kutilmayapti. Iliq havo metan zapravkalari faoliyatining vaqtincha barqarorlashishiga ham yordam berishi mumkin.