Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh Pentagonida Ukrainaga nisbatan munosabat o‘zgargani ma’lum qilindi

AQSh Pentagonida Ukrainaga nisbatan munosabat o‘zgargani ma’lum qilindi

AQSh Mudofaa vazirligida Pit Xegset rahbarligi davrida Ukrainaga nisbatan bepisand munosabat shakllangani haqida xabar berildi.

The Atlantic jurnaliga ko‘ra, Pentagonda Ukraina bilan bog‘liq masalalarni tilga olish ham salbiy munosabatga sabab bo‘lgan.

Nashr bu borada AQSh Qurolli kuchlari ofiserlaridan birining so‘zlarini keltirdi.

"Agar Pentagonda Ukraina haqida gapirsangiz, omadingiz kelgan taqdirda ham sizni mensimagan holda istehzoli tabassum bilan qarshi olishardi", — degan harbiy xizmatchi.

The Atlantic ta’kidlashicha, Vashingtonning Kiyevga munosabatiga 2025 yil boshida Oq uyning Oval kabinetida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasida yuz bergan mojaro ham ta’sir ko‘rsatgan.

Jurnal talqiniga ko‘ra, mazkur voqeadan keyin Amerika rasmiylari Ukrainani ittifoqchi sifatida emas, balki yordam so‘rab murojaat qiladigan tomon sifatida qabul qila boshlagan.

Kiritildi: Bugun 12:09. O'qildi: 864 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik