Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Hindistonlik ofiser harbiy sirlarni yalang‘och surat evaziga almashdi

Hindistonlik ofiser harbiy sirlarni yalang‘och surat evaziga almashdi

«Times of India» nashrining xabar berishicha, u maxfiy hujjatning bir sahifasini bitta yalang‘och suratga almashtirgan.

Tergovchilarning aniqlashicha, Hindiston Harbiy-havo kuchlari ofiseri Pokiston agentidan shaxsiy xususiyatga ega (yalang‘och) surat olgan va buning evaziga unga maxfiy harbiy hujjatning bir sahifasini yuborgan. Keyin u bu «kelishuv»ni davom ettirishni taklif qilgan — bunda har bir navbatdagi sahifa uchun bittadan yangi yalang‘och surat talab qilingan.

Gap oddiy xizmat yozishmalari haqida ketmayapti; hujjatlarda Hindistonning harbiy rejalari, strategik ahamiyatga ega Leh aviabazasining imkoniyatlari hamda Pokiston dronlariga qarshi kurashish choralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 10:31. O'qildi: 412 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik