Bugun 9 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zPFL "Bunyodkor" stadionining qarzini to‘lash uchun xayriya e’lon qildi

O‘zPFL "Bunyodkor" stadionining qarzini to‘lash uchun xayriya e’lon qildi

"Bunyodkor" Rivaldo va Isuki Uratadan qarzdorligi tufayli FIFA tomonidan qo‘yilgan taqiqga ega.

"Bunyodkor" klubi ham, stadioni ham ishchilardan, soliqlardan, kommunal to‘lovlardan qarzdor.

2026 yilgi konsert dasturidan so‘ng, maydon chimi qayta tiklandi. Va endilikda stadion chim yotqizgan kompaniyadan ham qarzdor. Qarz yuki yangi chimni ham deyarli nobud qildi.

Endilikda elektr energiyasiga to‘lanishi kerak bo‘lgan qarzdorlik miqdori qariyb 2 milliard so‘mga yetgan va joriy yilning 4 sentyabridan e’tiboran stadion elektr ta’minotidan uzib qo‘yildi. "Bunyodkor" bino va inshootlarni ijaraga berishdan pul ishlashga o‘tgan bir vaqtda ijarachilar ham uni tark etish harakatiga tushdi.

DOMO ilovasining xayriya bo‘limi hech bo‘lmaganda stadionga elektr energiyasini qaytarish bo‘yicha harakat boshladi. Siz hech bo‘lmaganda 1 000 so‘m yoki imkoniyatingiz darajasida pul o‘tkazish orqali stadionga mazkur murakkab vaziyatdan chiqib ketishi uchun yordam berishingiz mumkin.

"Pul o‘tkazish uchun havolaga kiring, ilovani yuklab oling va "Bunyodkor" stadioni bo‘limi orqali o‘z yordamingizni yetkazing" - deyiladi O‘zbekiston Professional futbol ligasi matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan bayonotda.

Shuningdek, quyidagi havola orqali bevosita saytning o‘zidan to‘lov amalga oshirish mumkin:

Kiritildi: Bugun 11:40. O'qildi: 865 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!