Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

BAAda plyajlar vaqtincha yopildi

BAAda plyajlar vaqtincha yopildi

Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja amirligi hukumati mamlakat qirg‘oqlari yaqinida neft to‘kilgani haqidagi xabarlar fonida Al-Hamriya plyajini vaqtincha yopdi.

Bu haqda amirlik hukumati rasmiy bayonotida ma’lum qilingan.

Qayd etilishicha, mazkur qaror qirg‘oq hududining neft mahsulotlari bilan ehtimoliy ifloslanishining oldini olish maqsadida ehtiyot chorasi sifatida qabul qilingan.

Tegishli xizmatlar zarur choralarni ko‘rib, plyaj hududida bo‘lish xavfsizligini tasdiqlaganidan so‘ng u yana tashrif buyuruvchilar uchun ochiladi.

Kiritildi: Bugun 10:40. O'qildi: 343 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!