O‘zbekistonda joriy yilning yanvar–oktyabr oylarida aholi sartaroshxona va go‘zallik salonlari xizmatlari uchun 10,3 trln so‘m sarfladi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11 foizga oshgan.
Eng kam sarf Sirdaryo (140,5 mlrd so‘m), Jizzax (222,2 mlrd so‘m) va Navoiy (329,3 mlrd so‘m) viloyatlarida qayd etilgan.